Renkinglar va TOPlar
Agentlik doimiy tarzda moliyaviy bozorning turli tarmoqlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha tadqiqot ishlarini olib boradi. Tadqiqotlar natijasi asosida, tegishli bozorlar bo'yicha kuzatuv, tahliliy ma'lumot, maqola va boshqa axborotlarni tayyorlanadi. Bundan tashqari, tadqiqotlar davomida bozor ishtirokchilarining renkinglari, turli ko'rsatkich va mezonlar bo'yicha yetakchi ishtirokchilarning TOPlari tuziladi. Bizning fikrimizcha, renkinglar va TOPlar mamlakatimiz bozori va iqtisodiyotining barcha sohalarida eng talabgor axborot bo'lib hisoblanadi. Ularning yordamida ishtirokchilar o'z o'rinlari va bozordagi raqobatchilari o'rinlarini kuzatishlari va shuning yordamida oson yo'nalish olishlari hamda o'z o'rinlarini yaxshilash uchun zaruriy choralarni ko'rishlari mumkin.
Renkinglar va TOPlar agentlik tomonidan turli soha ishtirokchilari bo'yicha shakllantiriladi va nashr qilinadi, xususan:
- sug'urta tashkilotlari;
- banklar;
- pul o'tkazish tizimlari;
- lizing kompaniyalari;
- reklama bozori ishtirokchilari;
- qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari;
- Internet saytlar;
- va boshqa turli faoliyat sohalaridagi ishtirokchilar uchun.
"SAIPRO GROUP" MChJ tomonidan tayyorlangan axborotlar, kuzatuvlar va tadqiqotlarni tarqatish huquqlari UzReport Axborto agentligiga berilgan.
So'nggi renkinglar va TOPlar haqidagi ma'lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. |