UzReport 1999 yildan buyon o'z tarixini shakllantirib kelmoqda. U paytda O'zbekistonda mustaqillikning yangi sharoitlarida iqtisodiyotning rivojlanishi va xususiy tadbirkorlikning joriy etilishi davridan o'tilayotgan edi. Chet el investorlari tomonidan bildirilgan qiziqishlar soni ortib bordi. Bo'lajak chet el hamkorlarini mamlakatimizda yuz berayotgan muhim voqealar bilan tanishtirish zaruriyati kelib chiqdi. Aynan shu jihat, O'zbekiston haqidagi siyosiy va iqtisodiy axborot bo'yicha birinchi nodavlat tarmoq hisoblangan, UzReport Axborot-tahlil internet portalining yaratilishi g'oyasini asoslab berdi.
O'zbekiston haqidagi ishonchli va tezkor axborot manbai sifatida, UzReport yildan-yilga mamlakat ichida va uning tashqarisida jadal sur'atlarda ommalashib bordi. Uning haftalik auditoriyasi bir necha ming foydalanuvchiga yetdi. Uning tizimi o'sdi va rivojlandi, qimmatli qog'ozlar bozori, sug'urtalash, birjalar, sanoat kabi yangi bo'limlar paydo bo'ldi.
Jahonninng eng yirik axborot terminallari ma'lumot bazalariga axborot yetkazib berish bo'yicha bitimlar tuzildi, xususan: «Factiva» («Reuters» va «Dow Jones» hamkorlik loyihasi), «ISI Emerging Markets» («Euromoney» loyihasi), «Asia Pulse» va boshqalar. UzReport bir necha bor O'zbekistondagi eng yaxshi internet nashriyot sifatida qabul qilingan, undagi qator sharhlovchi va muhbirlar jurnalistika sohasida milliy mukofotlarga ega bo'ldilar.
2009 yilda UzReport internet portali bazasi asosida UzReport Axborot agentligi tashkil etildi, u O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 0605 raqamli ro'yxatdan o'tganlik haqidagi guvohnomaga ega bo'ldi.
Bugungi kunda UzReport Axborot agentligi O'zbekistonning axborot bozoridagi tan olingan yetakchilari qatoriga kiradi va o'z ichiga, O'zbekiston iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotidagi turli sohalarning kunlik yangiliklarini yetkazib beruvchi O'zbekistondagi eng yirik tarmoqli portallaridan biri bo'lgan UzReport (www.uzreport.uz)ni oladi. Glodal qidiruv tizimarida o'zbek OAV orasida manba sifatida keltirilishning yuqori darajadagi indekslariga ega. Uchta: o'zbek, rus va ingliz tillaridagi ko'rinishlarga ega. Bir vaqtning o'zida ikkita domen zonalarida ro'yxatdan o'tgan (uz va com). Portalning ma'lumotlar bazasi O'zbekiston, shu jumladan, banklar, birjalar, qimmatli qog'ozlar bozori, iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar haqidagi ma'lumot-tahliliy axborotning qimmatli arxiviga ega. UzReportga tashrif buyuruvchilar jo'g'rofiyasi o'z ichiga jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarini oladi. Kunlik auditoriya bir necha ming foydalanuvchini tashkil etadi.
2012 yilning oktyabr oyida UzReport Axborot agentligi teleko'rsatuvlarni tarqatish tarmoqlari xizmatini ko'rsatishga 0004217-sonli O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining litsensiyasiga ega bo'ldi. Ushbu litsenziya Agentlikka o'z telekanalini tashkil etish bo'yicha rejalarning amalga oshirilishi imkoniyatini beradi va bu kanalda quyidagilar taqdim etiladi: siyosat, iqtisodiyot, sport, madaniyat va yuqori texnologiyalar bo'yicha yangiliklar; moliya bozori mutaxassilarining prognozlari va mulohazalari; yetakchi biznesmenlar bilan suhbatlar; ish bo'yicha matbuot kuzatuvlari; biznes va umuman olganda jamiyatning rivojlanishidagi masalalarga bag'ishlangan maxsus dasturlar.
UzReport portaliga o'tish
Hozirda “Biznes vestnik Vostoka” katta o'quvchilar auditoriyasiga va ishchi doiralarda o'z nufuziga ega bo'lgan ommabop nashrdir. U haftaning dushanbadan juma kuniga qadar kunlik, yiliga 240 sonda chop etiladi. Nashr umumiy tirajining 80 foizi obuna vo'yicha tarqatiladi. Asosiy odunachilar – bular korporativ shaxslar, ya'ni banklar, birja markazlari, sanoat korxonalari va tashkilotlari, moliya tizimlari, o'rta va kichik tadbirkorlik subyektlari, qo'shni davlatlar elchixonalari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining vakilliklari.
Mavzu bo'yicha asosiy ruknlar: “Banklar va moliya”, “Sug'urta”, “Birjalar”, “Bozorlar va tashkilotlar”, “ Ishlab chiqarish va eksport”, “Texnologiyalar”, “Kelishuvlar” va hokazolar.
“Biznes vestnik Vostoka” gazetasi saytiga o'tish
UzJobs – O'zbekistonda ish qidirish va xodimlarni ishga olish bo'yicha ixtisoslashtirilgan ma'lumot-axborot manbaidir. Manbaning asosiy maqsadi – istiqbolli mutaxassislarga ish izlashda va o'qishda, tashkilotlarga esa malakali mehnat kadrlarini topish va ularni rivojlantirishda yordam berishdan iborat. Qo'shimcha ravishda manbadan O'zbekiston respublikasi mehnat qonunchiligi, mehnat bozori va ta'lim sohasini yorituvchi qiziqarli maqolalar, xodimlar ishida qo'llaniluvchi atamalar haqida ma'limot olish mumkin.
Shuningdek, barcha uchun xodim, ish olib borilishi va hujjatlar aylanmasi, mehnat munosabatlari va mehnat qonunchiligi normalari bo'yicha keng miqyosdagi maslahat xizmatlarini ko'rsatishga tayyor.
UzJobs sahifalarida ish izlovchi va ish beruvchilar uchun foydali bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan, jumladan:
Vaqtinchalik va doimiy ish bo'yicha bo'sh ish o'rinlari
Yuqori sifatli mutaxassislar bo'yicha ma'lumotlar banki
O'quv kurslari, mutaxassislik treninglari va seminarlar haqida ma'lumotlar
O'quv maskanlari va malaka oshirish markazlari haqida ma'lumotlar
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
Xodimlar ishini yuritish bo'yicha amaliy qo'llanma
“Mehnat” atamalari bo'yicha ixtisoslashtirilgan lug'at
Mehnat bozori va ta'lim yo'nalishini yorituvchi maqolalar.
UzJobs saytiga o'tish
MnogoRabot sayti UzJobs loyihalaridan biri bo'lib, birinchi navbatda O'zbekistonda ishchi, xizmat ko'rsatuvchi va ma'muriy xodimlar qidiruviga yo'naltirilgan.
Saytning asosini uchta ruknlar – “Ish qidiramiz, buyurtmalar”, “Mutaxassilar talab etiladi” va “O'qish” tematik mavzulari bo'yicha guruhlashtirilgan, qisqa mantlik e'lonlar (xususiy shaxslar, ish beruvchilar va ta'lim muassasalari tomonidan) tashkil etadi.
MnogoRabot saytiga o'tish.
UzRating – bu O'zbekistondagi web-manbalarga tashrif buyuruvchilar haqidagi axborotni yig'ish va tahlil qilish imkonini beruvchi internet-statistik tizim.
UzRating quyida keltirilganlar uchun web-manbaning ommabopligiga obyektiv baho beruvchi, professional va mustaqil monitoring vosita hisoblanadi:
- o'z bizneslarini Internetda jadal rivojlantirishni rejalashtiruvchi, manba egalariga;
- Internet tarmog'ida PR-aksiyalar o'tkazilishining samarasi va maqbulliligi haqida xulosa qabul qiluvchi, reklama beruvchilarga;
- Internetdagi asosiy auditoriyalar haqidagi ma'lumotni tahlil qiluvchi, marketing bo'yicha mutaxassis va Internet sohasidagi boshqa mutaxassislarga.
UzRating internet-statistik ma'lumotlardan, xoh u yirik tijorat loyihasi, xoh kichik shaxsiy sahifa bo'lishidan qat'i nazar, har qanday web-manba egasi foydalanishi mumkin, chunki tizimda mavjud bo'lgan xizmat ko'rsatish rejalari barcha xohlovchilarga pullik va bepul asosda statistika bo'yicha xizmatlarni taqdim etishi mumkin.
UzRating tizimi, jadval va grafiklardan tashkil topgan, 41 ta statistik hisobotni taqdim etadi. Hisobotlarda butun manbaning yoki undagi alohida bo'lim va sahifalarning tashrif buyurishi haqida ma'lumotlar bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, tizimda bir nechta manbani yagona portalga birlashtirish va portalga bo'lgan tashriflar haqida to'liq hisobot berish imkoniyati mavjud. To'liq portal hisoboti, statistikaning umumiy o'lchovlaridan tashqari, yagona portalga birlashtirilgan manbalarga bo'lgan tashriflar tezligini solishtirish va auditoriyalar kesishini tahlil qilish imkoniyatini beradi.
UzRating manbaning ommabopligi va uning asosiy auditoriyasi haqidagi ko'plab savollarga javob berishi mumkin, masalan:
- soatlar, hafta kunlari, oylar va hokazolar bo'yicha saytingizga bo'lgan tashriflar soni haqida;
- ulardan anchasi Sizning asosiy auditoriyangizligi va qanchasi saytingizga birinchi bor kirganligi haqida;
- tashrif buyuruvchilarning jo'g'rofiy kelib chiqishlari;
- tashrif buyuruvchilarning qanday brauzer va operatsion tizimlardan foydalanishi, qanday ekrandan foydalanishlari haqida;
- qaysi saytlarda Sizning saytingizga havolalar joylashganligi;
- tashrif buyuruvchilar qaysi qidiruv tizimlari orqali Sizning saytingizni topishlari va bu holatda qanday qidiruv so'zlaridan foydalanishlari haqida;
- saytingizdagi qaysi sahifalar va bo'limlar eng ommaboplari;
- va ko'plab boshqa ma'lumotlar.
UzRating foydalanuvchilarning saytga kirishini kuzatish asosida manbalarga tashrif buyurilishi haqidagi axborotni to'playdi va tahlil qiladi. Buning uchun sayt UzRating tizimida ro'yxatdan o'tkaziladi, so'ngra undagi sahifalarda tahsrif hisoblagichlari o'rnatiladi. Har qanday tashrif buyuruvchi, bir sahifadan ikkinchisiga o'tganda, bilmagan holda, tashrif hisoblagichi to'plovchi va hisobga oluvchi, o'zi haqidagi ma'lumotlarni qoldiradi. Manbaga bo'lgan barcha tashriflar statistikasi hisoblagich ishining natijasini bildiradi.
UzRating saytiga o'tish.
|