Рус  Eng  O'zb    

Reytinglar

Respublikadagi reyting xizmatlari bozori jadal rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyoti hamda biznes va tadbirkorlikning jadal rivojlanishi sharoitida iqtisodiy jarayon ishtirokchilarining tashkilot va korxonalarning moliyaviy holati va ish faoliyati haqidagi obyektiv va ishonchli axborotga bo'lgan qiziqishlari sezilarli oshdi.

Bozor munosabatlarining barcha ishtirokchilari – mulkdorlar, investorlar, banklar, birjalar, yetkazib beruvchilar, xaridorlar, sug'urta tashkilotlari va boshqalar raqobatbardoshlikning bir ma'nodagi bahosi va o'z hamkorlari, mijozlarining ishonchliligi masalasida manfaatdor. Reyting ushbu masalaning oson yechimini taqdim etuvchi eng samarali vositadir.

Klassik reyting – bu xo'jalik subyektining mijozlari va investorlari oldida bo'lgan majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq amalga oshirishi layoqati va tayyorligni baholash.

Iqtisodiyotning va xususan, moliya sohasidagi rivojlanishning bugungi bosqichida, korxona va moliyaviy tashkilotlar faoliyatining ochiq-oydinligi mijozlar, iste'molchilar va investorlar uchun sezilarli raqobat afzalliklarini taqdim etmoqda. Shunigdek, korxona va moliyaviy tashkilotlarning ham obyektiv axborotga bo'lgan ehtiyojlari katta. Moliyaviy ishonchlilik reytingi (kredit reytingi) bir vaqtning o'zida yuqorida keltirilgan barcha masalalarning yechimi topishdagi vosita hisoblanadi.

Bularning barchasini hisobga olgan holda, Agentligik 2004 yildan boshlab mustaqil reyting agentligi sifatida reyting bo'yicha xizmat ko'rsata boshladi. Malakatda birinchi bo'lib, umumiy sug'urtalash sohasida “O'znekiston sug'urta tashkilotlarining reytingi” loyihasini amalga oshirish boshlandi. Loyihaning asosiy maqsadi, moliyaviy mustahkamlik va ishonchlilikni aniqlashtiruvchi mezonlar asosida, sug'urta tashkilotlarini reytinglashdan iborat edi. Aynan shu faoliyat uchun agentlik tizimida, moliyaviy tahlil va reyting bilan shug'ullanuvchi, bo'lim tashkil etildi.

Bugungi kunda, tol'iq shakllanib bo'lgan mutaxassislar guruhi biznes loyihalaridan tortib to ular amalga oshirilguniga qadar bo'lgan keng ko'lamdagi xizmatlar to'plamini taqdim eta oladi.

Ta'kidlab o'tish joizki, Agentlik tomonidan O'zbekistonda birinchi bor milliy reyting daraja ko'rsatkichlari ishlab chiqildi va amaliyotda tatbiq etildi. Agentlik metodikasining xalqaro turdagilaridan asosiy farqi bagolash daraja ko'rsatkichlari O'zbekiston Respublikasiga qaratilgan.

Ishonchlilikni baholash reytingining asosiy tamoyili, har bir ko'rib chiqilayotgan faktorlar bo'yicha undagi ko'rsatkichlarning milliy sug'urta bozori bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlari bilan taqqoslanishi va pul to'lashga qodirlikka ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatuvchi faktorlarni aniqlashga asoslangan. Bunday yondashuv “ideal” xususiyatlardan chekinib, mavjud bo'lgan sharoitlarda eng ishonchli tashkilotlarni aniqlashtirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda quyidagi tashkilotlarning reyting metodikalari ishlab chiqilgan, amalda tatbiq etilgan va takomillashtirilmoqda:

- sug'urta va qayta sug'urtalash tashkilotlari;

- banklar;

- lizing tashkilotlari;

- OO'YU;

- korxonalar.

Quyidagilar "SAIPRO GROUP" MChJ afzallik tomonlari sifatida ko'rsatilishi mumkin:

- agentlik moliya bozori ishtirokchilari va davlat hokimiyati idoralariga qaram emas, bu esa taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati va baholashning obyektivligida aks etadi;

- Agentlik har bir emitent uchun potensial mijozlar yoki investorlar bilan olib boriluvchi munozaralar jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan batafsil reyting hisobotini tayyorlaydi;

- Agentlik OAVda, reytinglanuvchi tashkilotlarning ijobiy immijini shakllantirish va reyting xizmatlarini ommalashtirishga yo'naltirilgan, reyting va reyting hisobotlarini nashr qiladi;

- reyting o'zlashtirilgach, Agentlik o'z OAVlari orqali reyting natijalarini keng yoritilishini ta'minlashni o'z zimmasiga oladi.

 Bugungi kunda mustaqil reyting baholash, tashkilotning holati va ishonchliligi haqidagi axborotni keng jamoatchilikka oddiy va tushunarli tarzda yetkazib beruvchi zamonaviy va samarali vosita ekanligini ta'kidlab o'tish joiz.

SAIPRO Axborot-reyting agentligi tomonidan tayyorlangan reyting natijalari va metodika, reyting ko'rsatkich darajalaridagi o'zgarishlar haqidagi axborot hamda reytinglash faoliyati haqidagi boshqa ma'lumotlarni tarqatish huquqlari UzReport Axborot agentligiga berilgan.

O'zlashtirilgan reyting, metodika, ko'rsatkich darajalari va reyting hisobotlari haqidagi to'liq ma'lumotlar bilan quyidagi ushbu orqali tanishishingiz mumkin.

Copyright © 2008 — 2024, "SAIPRO Axborot-reyting agentligi" MCHJ. sayti ma'lumotlarini tarqatish bo'yicha barcha huquqlar "UzRepor Axborot agentligi" MCHJga tegishli Facebook   Twitter