Рус  Eng  O'zb    

TV-monitoring

Mediamonitoring bo'yicha agentlikning asosiy yo'nalishlaridan biri – bu TV-monitoring.

TV-monitoring reklama beruvchilarga reklamaning television efirdagi chiqishlarini kuzatish imkoniyatini beradi, bu esa teleefirdagi reklama kampaniyasining samaradorligini baholashda juda muhim o'rin egallaydi. Monitoring o'tkazish uchun agentlik tizimida, monitoring natijalari bo'yicha bazalarni olib boruvchi va shakllantiruvhci, monitoring guruhi tashkil etilgan.

Bundan tashqari, monitoring guruhi ma'lumotlari asosida mutaxassislarimiz TV-reklama bozori va teleefir muhitining shakllanishi bo'yicha tahlillar va turli kuzatishlar, tadqiqotlar o'tkazadilar. Ushbu tadqiqotlar reklama bozoridagi barcha ishtirokchilarni muhim axborot bilan ta'minlaydi, xususan, reklama beruvchilarning bozorda yo'nalish olishlari hamda o'z reklama faoliyatlarini baholashlari va reklama byudjetlarini tuzishda foydalaniladi.

Masalan, TV-reklama bozori bo'yicha kuzatishlar qisqacha quyidagi ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatini beradi:

- brendlar;

- tashkilotlar;

- teledasturlar;

- telekanallar;

- kunning vaqtincha bo'lagiga;

- yil mavsumlari va boshqa o'lchiovlar bo'yicha.

SAIPRO Axborot-reyting agentligi tomonidan tayyorlangan TV-monitoring bo'yicha axborot, kuzatuv va tadqiqotlarni tarqatish huquqlari UzReport Axborto agentligiga berilgan.

TV-monitoring bo'yicha axborot, kuzatuv va tadqiqotlar haqidagi to'liq ma'lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Tadbirlar












Copyright © 2008 — 2017, "SAIPRO Axborot-reyting agentligi" MCHJ. sayti ma'lumotlarini tarqatish bo'yicha barcha huquqlar "UzRepor Axborot agentligi" MCHJga tegishli Facebook   Twitter