Рус  Eng  O'zb    

Reyting xizmatlar

Ishonchlilik reytingi (kredit reyting) – bu xo'jalik subyektining mijozlar va investorlar oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq amalga oshira olishga qodirligi va tayyorligini baholash. Iqtisodiyot ishtirokchilarining bozor iqtisodiyoti sharoitida, tashkilotning moliyaviy ahvoli va ish faoliyati haqidagi obyektiv va ishonchli axborotga bo'lgan qiziqishlari sezilarli darajada oshganligi tufayli, bunday turdagi axborotni aks ettirish va olish sohasida reyting eng samarali vositaga aylandi.

Bozor munosabatlarining barcha subyektlari – mulkdorlar (aktsionerlar), investorlar, banklar, birjalar, ta'minotchilar, xaridorlar, sug'urta tashkilotlari va hamkorlar hamda mijozlarning raqobatbardoshligi va ishonchliligining baholanishidan manfaatdor bo'lgan boshqalar – reyting foydalanuvchilari bo'lib hisoblanadi.

Shuni hisobga olgan holda, Agentlik 2004 yildan buyon moliyaviy tashkilotlar uchun reyting xizmatlarini ko'rsatadi va milliy valyutada reyting o'zlashtirilishini joriy etgan mamlakatdagi birinchi reyting agentligi hisoblanadi. Sug'urta tashkilotlari, banklar, lizing tahskilotlari va korxonalar – reyting xizmatlarimizning potensial buyurtmachilaridir. Shuningdek, Agentlik Oliy o'quv yurtlari, Internet-saytlar va boshqalar kabi moliyaviy bo'lmagan tashkilotlarning reyting jarayonlarini ishlab chiqadi va joriy etadi.

Agentlikning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

- Agentlik moliya bozori ishtirokchilari va davlat hokimiyati idoralariga qaram emas, bu esa taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatida aks etadi;

- Agentlik har bir emitent uchun, potensial mijozlar yoki investorlar bilan olib boriluvchi munozaralar jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan, batafsil reyting hisobotini tayyorlaydi;

- Agentlik OAVda, reytinglanuvchi tashkilotlarning ijobiy immijini shakllantirish va reyting xizmatlarini ommalashtirishga yo'naltirilgan, reyting va reyting hisobotlarini nashr qiladi.

Bugungi kunda mustaqil reyting baholash, tashkilotning holati va ishonchliligi haqidagi axborotni keng jamoatchilikka oddiy va tushunarli tilda yetkazib beruvchi zamonviy va samarali vosita ekanligini ta'kidlab o'tish joiz.

Shuningdek, reyting mavjudligi tijorat tashkilotining moliyaviy oydinligidan dalolat beradi, chunki u reyting agentligiga reyting o'tkazilishi uchun moliyaviy holat haqida barcha ma'lumotlarni yetkazib beradi. Bundan tashqari tashkilotlar PR va reklama kampaniyalarida reytingdan foydalanadilar.

Metodikalar, ko'rsatkich darajalari va reyting jarayoni haqidagi to'liq ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

So'nggi o'zlashtirilgan reytinglar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Reyting xizmatlariga buyurtma berish uchun agentlik ofisiga murojaat eting

 

Moliya sohasida marketing va konsalting bo'yicha xizmatlar

Agentlik tahlilchilari va mutaxassislari moliya bozorining turli sohalari va umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlarini kuzatuv va tahlillar olib borish borasida katta tajribaga ega. Ushbu ishlarni olib borish uchun Agentlik tizimida, moliyaviy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi o'zgarishlarni monitoring qiluvchi va tadqiqotlar natijasi bo'yicha doimiy tarzda tahliliy ma'lumot va e'lonlar tayyorlovchi, moliyaviy tahlil va reyting Departamenti mavjud.

Xususan, Agentlik quyidagi mahsulot va xizmatlarni taklif etadi:

- moliya va iqtisodiyotning alohida sohalari bo'yicha marketing tadqiqotlari (sug'urta bozori, lizing xizmatlari bozori, bank sohasi va boshqalar);

- korxona va moliya tashkilotlari uchun moliyaviy holatni tahlil etish va ularning moliyaviy natijalarini yaxshilashga oid takliflar bo'yicha konsalting;

- moliya tashkilotlari uchun stress-testdan o'tkazish va tavakkal menejment tizimi tuzilishi;

- Agentlikning tadqiqot faoliyati bilan bog'liq boshqa xizmatlar.

Xizmatlarga buyurtma berish uchun agentlik ofisiga murojaat eting

 

Event-xizmatlar

Agentlik turli biznes va matbuot tadbirlarini tashkillashtirish bo'yicha malakali guruhga ega. Xususan, Agentlik Sizning buyurtmangizga ko'ra forum, davra suhbatlari, biznes-uchrashuvlar, taqdimotlar, ko'rgazmalar, yarmarkalar, matbuot anjumanlari, matbuot-lanchlari, matbuot-turlari, brifing va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkillashtirishi mumkin. Quyida ushbu guruh tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlar keltirilgan:

- Toshkent xalqaro investitsiya-moliya forumi;

- Toshkent xalqaro “Marketing, reklama va PR” forumi;

- Toshkent xalqaro HR forumi;

- Moliyaviy xizmatlar ko'rgazmasi;

- Ish o'rinlari yarmarkasi;

- boshqa ko'plab forum, konferensiya, ko'rgazma, matbuot tadbirlari va hokazolar.

Biznes va matbuot tadbirlarini tashkillashtirish bo'yicha xizmatlar to'plami o'z ichiga quyidagilarni oladi:

-  tadbirning umumiy dasturi va ssenariyini ishlab chiqish;

-  tadbir o'tkazilishi uchun eng maqbul joyni aniqlash, zaruriy texnik uskunalar (mikrofon, proyektor, ekran, sinxron tarjima uchun jihozlar, o'tirish joylari, tribuna va hokazo) va qo'shimcha dasturni (furshet, kofe-breyk va hokazo) tayyorlash;

-  taklif etilgan ishtirokchilar ro'yxatini tayyorlash, taklifnomalarni yuborish, muxbirlarni taklif etilishi, ishtirokchilarning ro'yxatdan o'tkazilishi va tadbir davomida hamrohlik qilishni tashkillashtirish;

-  tadbir o'tkazilishiga asos bo'lgan ma'lumot bo'yicha xabar yoki matbuot e'lonini tayyorlash, qo'shimcha tarzda uni tadbirga jalb qilinmagan maqsadli OAV bazasi bo'ylab tarqatish;

-  o'z OAV orqali matbuot tadbiriga axborot ko'magi ko'rsatish, jumladan: «UzReport» (http://www.uzreport.uz) internet-portali manbalarida va Newswire.Uzreport (newswire.uzreport.uz) matbuot e'lonlarini tarqatish tizimlarida, shuningdek boshqa OAVda;

-  tadbir yakunlari bo'yicha xulosa hisobotlarini taqdim qilish (foto va video reportaj, OAVda chop etilgan maqola va e'lonlar ro'yxati, boshqa ma'lumotlar).

Event-xizmatlarga buyurtma berish uchun agentlik ofisiga murojaat eting

 

Mediamonitoring bo'yicha xizmatlar

Agentlik tomonidan PR-tadbirlar, dastur va reklama kampaniyalari o'tkazilishining samarasini baholash imkonini beruvchi, mediamonitoring bo'yicha xizmatlar to'plamini taklif etadi. Buning uchun Agentlik tizmida mediamonitoring bo'yicha guruh mavduj va ushbu guruh bergan ma'lumotlar asosida mutaxassislar jamoatchilik orasidagi alohida tashkilotning imidj holati va ommabopligini tahlillashtirishlari mumkin.

Xususan, quyidagi xizmatlarni taklif etamiz:

-  TV-monitoring. Buyurtmachi talablariga mos ravishda, televizion kanallar orqali o'z mahsulot va xizmatlarini reklama qiluvchi, alohida brendlar bo'yicha obzor va tahliliy ma'lumotlar tayyorlash. TV-reklamaning media rejaga muvofiq efirga uzatilishini nazorat qilish va monitoring yakunlari bo'yicha hisobot taqdim etish.

-  Internet monitoring. Brendning internetda, shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda ommaviylashihsi bo'yicha hisobotlar tayyorlash, shuningdek, tashkilotning u yoki bu marketing yurishiga jamoatchilikning ta'sirlanishini tahlil etish va boshqalar.

-  Bosma OAV monitoringi. Brendlar bo'yicha, xususan, matbuotdagi ommalashuv va reklama maydoni hajmi bo'yicha, hisobotlar tayyorlash.

-  Mediamonitoring bilan bog'liq boshqa xizmatlar.

Mediamonitoring bo'yicha xizmatlarga buyurtma berish uchun Agentlik ofisiga murojaat etling

 

Reklama xizmatlari

- internet-manbalardagi reklama: Reklama xizmatlari UzReport.uz, Uzjobs.com, MnogoRabot.uz, Uzrating.com portallari va Agentlikning boshqa internet-loyihalari

Agentlik internet-manbalaridagi ko'p sonli ayditoriyani (kuniga bir necha ming odam) hisobga olgan holda, uning sahifalarida berilgan reklama (bannerlar, kontekstli e'lonlar yoki PR-maqolalarni joylashtirish sifatida), mahsulot, brend va xizmatlarni ilgari surishda, samarali vosita hisoblanadi. Agentlikning malakali mutaxassislari Sizga talablaringiz va byudjetingizga maksimal tarzda javob beruvchi, portal manbalarida mavjud bo'lishning eng qulay variantini tanlashda va zarur bo'lgan holda, banner, reklama matni yoki PR-maqolani tayyorlashda yordam beradi.

- “Biznes Vestnik Vostoka” ishbilarmonlar kundalik gazetasidagi reklama

“Biznes vestnik Vostoka” – katta o'quvchilar auditoriyasiga va ishchi doiralarda o'z nufuziga ega bo'lgan mustaqil iqtisodiy nashrdir. U yiliga 240 son hajmda, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar kunlik chop etiladi. Nashr umumiy tirajining 80 foizi obuna bo'yicha tarqatiladi. Asosiy odunachilar – bular korporativ shaxslar, ya'ni banklar, birja markazlari, sanoat korxonalari va tashkilotlari, moliya tizimlari, o'rta va kichik tadbirkorlik subyektlari, qo'shni davlatlar elchixonalari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining vakilliklari.

Bizga murojaat eting, reklamaning gazetada chop etilish reja-jadvalini shakllantirish va reklama moduli maketini tayyorlashga Sizga yaqindan yordam beramiz.

- O'zbekiston markaziy kanallaridagi reklama

Agentlik «UzReport» Axborot agentligi orqali (O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rasmiy vakili hisoblanadi) foydali shartlar va raqobat narxlar asosida reklama-axborot ma'lumotlarining televizion efirda joylashtirilishini tashkillashtiradi. Biz reklamaning O'zbekiston markaziy telekanallarida (O'zbekiston, Toshkent, Yoshlar, Sport) va Toshkent kabel televideniesi studiyalarida joylashtirilishi bo'yicha to'liq xizmat ko'rsatadi, jumladan:

-  reklamaning telekanallarda, ularning reytingi va auditoriyasini hisobga olgan holda, joylashtirish media-rejasini tuzadi;

-  ssenariy ishlab chiqadi, videorolik yoki axborot lavhasini tasvirga oladi va efirga tayyorlaydi;

-  buyurtma hajmi katta bo'lgan taqdirda qo'shimcha chegirma va bonuslar taqdim etadi;

-  reklamaning efirga faktik chiqishini monitoring qiladi.

Reklama xizmatlariga buyurtma berish uchun agentlik ofisiga murojaat eting

 

PR – xizmatlar

- PR-qo’llab-quvvatlash (PR-autsorsing).

PR sohasidagi tajriba va malakalar Agentlik mutaxassislariga axborot ma'lumotlarining barqaror va uzluksiz oqimini yaratish hisobiga tashkilot, mahsulot yoki brend imidjini shakllantirish yoki to'g'rilash kabi masalalarni hal etish imkoni beradi. Elektron va bosma ommaviy axborot vositalarida Sizning tashkilotingizga nisbatan ijobiy eslatmalar soning ortishini ta'minlaydi, muhim xabarlaringizni maqsadli auditoriyaga maksimal samarali tarzda yetkazilishida va jamoatchilikda tashkilotning ijobiy imidjini shakllantirishda yordam beradi. Sizning matbuot xizmatingizni to'ldirgan yoki to'liqligicha alishtirgan holda, to'liq PR-qo’llab-quvvatlash bo'yicha xizmatlar to'plamini taqdim etadi, jumladan:

- OAV bilan samarali o'zaro hamkorlik sxemasini ishlab chiqadi;

- tashkilot haqidagi axborotni doimiy tarqatish uchun maqsadli OAV bazasini tayyorlaydi;

- yangiliklar rejalashuvini amalga oshiradi, axborot sabablarini ishlab chiqadi va kuchaytiradi;

- matbuot xababrlari, mavzu bo'yicha maqola, suhbat va boshqa axborot ma'lumotlarining (zaruriy holda bir vaqtning o'zida uch tilda: o'zbek, ruz va ingliz) doimiy tayyorlanishini va ularning maqsadli OAV bazasi bo'yicha tarqalishini ta'minlaydi;

- Agentlik o'z ommaviy axborot vositalari orqali axborot ko'magi ko'rsatadi, jumladan: «UzReport» (http://www.uzreport.uz) internet-portali manbalarida va Newswire.Uzreport (newswire.uzreport.uz) matbuot e'lonlarini tarqatish tizimlarida;

- matbuot tadbirlari tayyorlaydi va o'tkazadi (brifing, matbuot-turlar, matbuot-lanchlar, matbuot-anjumanlari);

- tashkilot axborot maydonini boshqa asosiy raqobatchilar bilan solishtirgan holda doimiy monitoringni tashkillashtiradi;

- tashkilot haqidagi maqola, reportaj va lavhalar arxivini shakllantiradi.

- O'zbekiston internet-ommaviy axborot vositalarida nashrlar joylashtirish

O'zbekistonning yetakchi internet – OAVlari bilan o'zaro aloqa va hamkorlik bitimlariga ega bo'lgan holda, «UzReport» Axborot agentligi Sizning tashkilotingiz haqidagi nashrlar, Siz uchun maksimal qulay shartlarda, Uznet manbalarida kafolatli tarqalishini ta'minlab beradi. Zarur holda Agentlik xodimlari Sizga nashr matnlarini tayyorlash va ularni turli internet-OAVlarga moslashuvinda yordan beradi.

PR-xizmatlarga buyurtma berish uchun agentlik ofisiga murojaat eting

 

Kadrlar konsaltingi, autsorsing va rekrutmant bo'yicha xizmatlar

Kadrlar konsaltingi doirasida Agentlik mutaxassislari Sizga quyidagi xizmatlarni ko'rsatishi mumkin:

- Kadrlar hisobotini baholash. Tashkilotdagi kadrlar bo'yicha ishlarning kadr hujjatlarini olib borish me'yyorlari va mehnat qonunchiligi talablariga muvofiqligini baholash amalga oshiriladi. O'tkazilgan baholash asosida aniqlangan kamchilik va ularni bartaraf etish takliflari haqida hisobot tuziladi.

- Kadrlar hisobotini tashkil etish. Qaytadan tashkil etigan korxonalar uchun, ularning o'ziga xosligini hisobga olgan holda, “noldan boshlab” kadr hisoboti tashkil etiladi. U o'z ichiga kadrlar hisobotida zarur bo'lgan hujjatlarning to'liq majmui va uni ishlatish bo'yicha qo'llanmani oladi.

- Kadr bo'yicha xodimni tayyorlash. Tashkilotdagi kadr ishini olib borish faoliyati yuklatilgan, ishchining individual tayyorgarligi amalga oshiriladi. Tayyorgarlik asosiy ish joyidan uzilmagan holda olib boriladi. Tayyorlash davomida ishchi, kadrlar ishini olib borishda foydalaniluvchi turli blank, shakl va shablonlarning (buyruq, ariza, ro'yxatga olish kitoblari va hokazo) namunalari bilan ta'minlanadi, mehnat qonunchiligi bo'yicha zaruriy bilim oladi. Kadr bo'yicha xodimning asosiy tayyorgarligi yakunlangach, ma'lum muddat davomida unga bepul maslahatlar berib turiladi.

- Ichki me'yyoriy xujjatlarni ishlab chiqish. Tashkilotning rasmiy so'roviga asosan, kadrlar ishini va tashkilotdagi xodimlar boshqaruvini tartibga soluvchi (shu jumladan: strukturaviy bo'linmalar haqidagi qoidalar, jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim bo'yicha qo'llanma va boshqa tashkiliy hujjatlar), ichki me'yyoriy hujjatlarning ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.

Kadr autsorsingi doirasida Agentlik xodimlari Sizning kadrlar bo'limingiz bo'yicha quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

- tashkiliy tizimni hisobga olgan holda tashkilot shtat jadvalini tuzish, uni tasdiqlash va o'zgartirishlar kirgizish;

- mehnat shartnomalari tuzish. Ish beruvhci va ishchi o'rtasidagi mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish: ishlab chiqish, tuzish, o'zgartirishlar va qo'shimchalar kirgizish, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish.

- kadr ish olib borilishidagi zauriy talablarni hisobga olgan holda, xodimlarning shaxsiy ishlarini shakllantirish va yuritish.

- ishchilar mehnat daftarchalarini, shuningdek ularni hisobga olish bo'yicha jurnallarni xarid qilish, to'ldirish va yuritish.

- ijtimoiy sug'urtalash bo'yicha komissiya faoliyatida ishtirok etish. Ishchilarning, ijtimoiy sug'urtalash huquqini beruvchi, umumiy ish stajlarini hisoblash, vaqtinchalik ishga yaroqsizlik bo'yicha varaqa va ijtimoiy sug'urtalash bo'yicha tashkilot komissiyasi yig'ilishlari protokollarini rasmiylashtirish.

- tashkiliy-boshqaruv hujjatlarning yuritilishi. Ishchilarni qabul qilish va ishdan bo'shatish, ularning kadr bo'yicha joy o'zgartirishlari, mehnat ta'tillarini, xizmat safarlarini taqdim etish haqida shaxsiy tarkib bo'yicha tashkilot rahbariyati buyruqlari va qarorlarini shakllantirish va rasmiylashtirish.

Rekrutment

Agar saytning on-line xizmatlari yordamida xodimlarni mustaqil tarzda qidirish va tanlash Sizning rejalaringizga kirmasa, bizning agenligimizdagi rekrutment xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin. Bu holda, Sizga kerak bo'lgan xodimlarni qidirish va tanlash bo'yicha barcha ishlarni o'z zimmamizga olamiz.

Ushbu havola bo'yicha Kadr konsaltingi, autsorsing va rekrutment bo'yicha to'liq ma'lumotga ega bo'lishingiz yoki xizmatlarga buyurtma berishingiz mumkin

 

Internet-statistika bo'yicha xizmatlar

Biz UzRating internet statistikasi asosida ma'lumotlar va tahlillarni tayyorlash bo'yicha xizmatlar taklif etamiz. UzRating tizimidagi ma'lumotlar asosida biz manbaning ommabopligi va uning auditoriyasiga bog'liq ko'plab savollarga javob berishimiz mumkin, masalan:

-   soatlar, hafta kunlari, oylar va hokazolar bo'yicha saytingizga bo'lgan tashriflar soni haqida;

-   ulardan qanchasi sizning asosiy auditoriyangizni tashkil qilishi va qanchasi saytingizga birinchi bor kirganligi haqida;

-   tashrif buyuruvchilarning jo'g'rofiy kelib chiqishlari;

-   tashrif buyuruvchilarning qanday brauzerlar va operatsion sistemalardan foydalanishi, qanday ekrandan foydalanishlari haqida;

-   qaysi saytlarda sizning saytingizga havolalar joylashganligi;

-   tashrif buyuruvchilar qaysi qidiruv tizimlari orqali sizning saytingizni topishlari va bu holatda qanday qidiruv so'zlaridan foydalanishlari haqida;

-   saytingizdagi qaysi sahifalar va bo'limlar eng ommaboplari;

-   va ko'plab boshqa ma'lumotlar.

Xizmatlarga buyurtma berish uchun agentlik ofisiga murojaat eting

Tadbirlar












Copyright © 2008 — 2017, "SAIPRO Axborot-reyting agentligi" MCHJ. sayti ma'lumotlarini tarqatish bo'yicha barcha huquqlar "UzRepor Axborot agentligi" MCHJga tegishli Facebook   Twitter