–ůŮ  Eng  O'zb    

Tadqiqotlar

Agentlik muntazam ravishda moliyaviy bozorlar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari holati va rivojlanishini tahlil qilish bo'yicha tadqiqot ishlarini olib boradi. Tadqiqotlar natijasi asosida, tegishli bozorlarning ishtirokchilari va umuman jamiyat uchun foydali bo'lgan, kuzatuvlar, tahliliy ma'lumotlar, maqola va boshqa axborotlarni tayyorlaydi.

Tadqiqotlarni amalga oshirish uchun agentlik tizimida malakali tahlilchilar va moliyaviy-iqtisodiy sohalar bo'yicha mutaxassislardan tashkil topgan, Moliyaviy tahlil va reytinglash bo'limi faoliyat yuritadi.

Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha muntazam tadqiqotlar olib boriladi:

- O'zbekistondagi sug'urta bozori, jahon sug'urtalash va qayta sug'urtalash bozori;

- O'zbekistondagi bank sohasi, xalqaro bank sohasi;

- O'zbekistondagi lizing xizmatlari bozoriŠ xalqaro lizing bozori;

- fond bozori, tovar xom ashyo birjasi, ko'chmas mulk birjasi va hokazolarning faoliyati;

- pul o'tkazmalari tizimi xizmatlari bozori;

- televizion reklama bozori;

- mediamonitoring (TV, internet va matbuot monitoringi);

- iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va sohalari.

SAIPRO Axborot-reyting agentligi tomonidan tayyorlangan axborot, kuzatuv va tadqiqotlarni tarqatish huquqlari UzReport Axborto agentligiga berilgan.

So'nggi tadqiqotlar haqidagi ma'lumotlarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Tadbirlar












Copyright © 2008 — 2017, "SAIPRO Axborot-reyting agentligi" MCHJ. sayti ma'lumotlarini tarqatish bo'yicha barcha huquqlar "UzRepor Axborot agentligi" MCHJga tegishli Facebook   Twitter